"Chelsi" futbolchisi "Manchester Siti" jamoasiga qarshi o‘ynay oladi

  • 2 mart, 2018, 20:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Ross Barkli jarohatidan forig‘ bo‘ldi va jamoasining APL doirasidagi navbatdagi bahsida maydonga tusha oladi. Bu haqda “aristokratlar” ustozi Antonio Konte aytib o‘tdi.

Tecno

“Barkli bu hafta biz bilan shug‘illandi va jarohatidan to‘liq sog‘aydi. U biz bilan. U “Manchester Siti”ga qarshi bahsni zahirada boshlaydimi yoki yana bir hafta dam oladimi buni hal qilaman”, – deb aytib o‘tdi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” – “Arsenal” o‘yini 4 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!