"Chelsi" futbolchisi yangi mavsumni La Ligada o‘tkazadi

"Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Kenedi "Granada" klubiga ko‘chib o‘tdi.

Andalusiya klubi braziliyalik futbolchini 1 yilga ijaraga oldi. Shartnoma bandlari va futbolchining maoshi haqida ma’lumotlar berilmadi.

24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni "Xetafe" klubida o‘tkazib, La Liga doirasida 19 ta bahs o‘tkazdi va 1 gol hamda 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

"Fluminense" tarbiyalanuvchisi Angliyaning "Uotford" va "Nyukasl" klublarida ham faoliyat olib borishga ulgurgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!