“Chelsi” hech bir klub uddalay olmagan natijaga erishdi

  • 29 may, 07:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFAning xalqaro miqyosdagi yana bir musobaqasi g‘olibi aniqlandi. Konferentsiyalar ligasi finalida “Chelsi” Ispaniyaning “Betis” klubini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrin sohibi bo‘ldi.

Tecno

Bu natija “aristokratlar” nomini tarixga muhrladi. Shu tariqa, “Chelsi” UEFAning uchala xalqaro musobaqasi – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqqan birinchi va hozircha yagona jamoaga aylandi.

“Chelsi” 2012 va 2021 yillarda qit’aning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Chempionlar ligasida zafar quchgan edi.

“Aristokratlar” 2013 va 2019 yillarda Evropa ligasida muvaffaqiyat qozongan. Endi bu sovrinlar qatoriga Konferentsiyalar ligasi kubogi ham qo‘shildi.

Bundan tashqari, jamoa 1971 va 1998 yillarda Kubok egalari kubogi, 1998 va 2021 yillarda UEFA Superkubogi va 2021 yili klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!