"Chelsi" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirish arafasida
"Chelsi" himoyachi Andreas Kristensen bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlagan.
Yaqin vaqt ichida ushbu bitimning rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Kristensenning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi keyingi yil yozida o‘z nihoyasiga etadi. Ayni dam rahbariyat futbolchining o‘yinlaridan qoniqish hosil qilmoqda.
Andreas 2015 yilning iyulidan buyon London jamoasi sharafini himoya qilib keladi. Bu vayt oralig‘ida u jami 132 ta o‘yinda ishtirok etgan. Joriy mavsum esa Kristensen APL yangi mavsumida uchta bahsda maydonga tushib ulgurdi.
25 yoshli himoyachining narxi "Transfermarkt" portali tomonidan 30 millionga evroga baholanmoqda.

Fikrlar