"Chelsi" himoyachisi yozda "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 24.04.2019 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Ris Jeyms faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 19 yoshli futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. Uning transferi esa 17,3 mln evroga baholanmoqda.

Yana bir jihati shundaki, Jeymsning opasi MYuning ayollar jamoasida to‘p suradi va aynan u ukasining “Old Trafford”ga ko‘chib o‘tishida asosiy omil bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Jeyms joriy mavsumni ijara asosida "Uigan" safida o‘tkazmoqda. U hozircha 45ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!