"Chelsi" ijaradagi hujumchisini qaytardi

  • 2 sentabr, 16:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi ispaniyalik hujumchi Mark Giuni "Sanderlend"dagi ijarasidan chaqirib oldi. Hujumchi joriy yilning avgust oyi boshida "qora mushuklar" a’zosiga aylangandi.

Tecno

"Chelsi" hujumchi Mark Giuning "Sanderlend"dagi ijarasidan chaqirib olinganini tasdiqlashi mumkin. 19 yoshli futbolchi "Stadium of Light"dagi faoliyati davomida uchta o‘yinda maydonga tushdi va "Haddersfild Taun" bilan Liga kubogi o‘yinida gol urdi", - deyiladi klub rasmiy sayti xabarida.

Mark Giu "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u faoliyatining dastlabki bosqichida ham ushbu jamoada o‘ynagan. O‘tgan klub mavsumida 16 ta o‘yinda ispaniyalik futbolchi oltita gol urdi. Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi narxi 8 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!