“Chelsi” Italiyanning eng yaxshi himoyachisini katta summaga oladi
Londonning “Chelsi” klubi “Inter” markaziy himoyachisi Alessandro Bastonini xarid qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Corriere dello Sport xabar berishicha, londonliklar 27 yoshli italyalik futbolchini 2027 yil yanvar oyida transfer qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Ehtimoliy bitim qiymati 80 million yevroga baholanmoqda va aynan shu transferni “Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso talab qilmoqda.
Joriy mavsumda Bastoni barcha turnirlarda to‘rtta uchrashuv o‘tkazdi va natijadorlik qayd etmadi.
Uning amaldagi shartnomasi “Inter” bilan 2028 yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt esa futbolchining bozor qiymatini 65 million yevro deb baholamoqda.
Agar “Chelsi” haqiqatan ham bu transferni amalga oshirishga qaror qilsa, klub himoyachining bozor qiymatidan ancha yuqori mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Alessandro Bastoni Italiya va Evropaning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi. 27 yoshli futbolchining kuchli jihatlari — ajoyib pas berish mahorati, chap markaziy himoyachi pozitsiyasida o‘yinni yaxshi o‘qishi va to‘pni oldinga olib chiqish qobiliyati.
Bastoni markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, uzoq masofaga aniq uzatmalar beradi, raqib himoyasini yorib o‘tuvchi paslarni amalga oshiradi va pleymeyker vazifasini ham bajaradi.
Himoyadagi ishonchliligi ham Xabi Alonso italyalik futbolchida qadrlaydigan sifatlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar