"Chelsi" Jeksonni ortga qaytara olmasa hujumchi sotib oladi

  • 31 avgust, 14:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" jamoaning amaldagi forvardi Nikolas Jekson klubni doimiy ravishda tark etadigan bo‘lsa, transfer oynasi yopilgunga qadar (1 sentyabr) yangi hujumchi sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ishonchli ijara variantlari yo‘qligi sababli "ko‘klar" hujumchini doimiy ravishda sotib olish variantini o‘rganmoqda. "Chelsi" allaqachon bir nechta so‘rovlar bilan chiqqan, jumladan, "Sporting" va Daniya terma jamoasi forvardi Konrad Xarderga ham.

Jekson ijara asosida Myunxenning "Bavariya" klubiga o‘tishga yaqin edi, ammo London klubi "Chelsi" hujumchisi Liam Delap tizza osti payidan jarohat olgani uchun futbolchini chaqirdi.

Senagallik forvard Myunxen klubiga o‘tmoqchi. Uning agenti o‘z ijtimoiy tarmog‘ida "Samolyot ortga qaytmaydi",- deb izoh qoldirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!