“Chelsi”: Ketaver, o‘rningga oltita zo‘rini topib qo‘ydik!
“Chelsi” yetakchi yarim himoyachisi Enzo Fernandez ketish istagini bildirganidan keyin argentinalik futbolchiga munosib o‘rinbosar qidirish ishlarini boshladi.
Enzo Fernandez yaqinda “Real”ga o‘tib ketgan Mark Kukurelya ortidan “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tmoqchi. O‘z navbatida, madridliklar ham bu o‘yinchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Bu haqida TEAMtalk xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, “Chelsi” Fernandez o‘rnini bosa oladigan o‘yinchilar ro‘yxatini to‘yib qo‘ydi. Xususan, “Kristal Pэlas” yarim himoyachisi Adam Uorton hamon londonliklar diqqat markazida bo‘lib turibdi. «Chelsi» uning vakillari bilan aloqaga chiqqan.
Shuningdek, klub quyidagi futbolchilarni ham kuzatmoqda:
- Manu Kone (“Roma”)
- Lamin Kamara (“Monako”)
- Viktor Froxoldt (“Portu”)
- Kaleb Yirenkı («Norshellann»)
Bundan tashqari, «Chelsi» tarkibni tajribali futbolchi bilan ham kuchaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shu sababli “Pari Sen-Jermen”ning 30 yoshli yarim himoyachisi Fabian Ruiz ham nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Fikrlar