"Chelsi" Kukurelyaga o‘rinbosar izlamoqda

  • 06.06.2026 13:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi himoyachi Mark Kukurelyaning ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manbalarga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga La Liganing bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda. Shu sababli "ko‘klar" uning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatini shakllantirgan.

Ro‘yxatdan Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Andrea Kambyaso, Frankfurtnning "Ayntrax" jamoasi futbolchisi Nataniel Braun hamda Leverkuzenning "Bayer" klubi vakili Alehandro Grimaldo o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda "Chelsi" bosh murabbiyi lavozimiga ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso tayinlangan edi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, London klubi Angliya Premyer-ligasida 52 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!