“Chelsi” kutayotgan hujumchi kim?

  • 18.03.2021 19:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi kelasi mavsumda argentinalik hujumchi Serxio Agueroga tarkibni joy bermasligini ma’lum qilgan. Shundan kelib chiqib, klub rahbariyati 32 yoshli to‘purarga yangi shartnoma taklif qilmadi.

“Barselona” prezidenti Joan Laporta jamoa etakchisi Lionel Messini klubda qolishga ko‘ndirish uchun uning do‘sti hisoblangan Agueroga shartnoma taklif qilgandi. Biroq, Serxioga boshqa superklublardan ham chorlov bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, bundan o‘n yil oldi Agueroga da’vogarlik qilib, raqobatda “shaharliklar”ga yuqazib qo‘ygan “Chelsi” argentinalik futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, ko‘p jarohat olayotgani bois Gvardiolaga kerak bo‘lmay qolgan Agueroni PSJ bosh murabbiyi Pochettino ham o‘z jamoasida ko‘rishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!