"Chelsi" "Liverpul" yulduziga qiziqish bildirdi

  • 25.07.2026 16:51
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APLda sensatsion transfer kutilayaptimi?

«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Makallister Angliya premer-ligasidagi boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Bu haqida Indykaila nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «qizillar»ning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola argentinalik futbolchiga ishonadi va uni jamoadа ko‘rishni istaydi. Shu bilan birga, klub rahbariyati mos taklif tushsa, Makallisterni sotish variantlarini ham ko‘rib chiqishga tayyor.

Yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirgan klublardan biri sifatida «Chelsi» tilga olinmoqda. Transfermarkt portali Aleksis Makallisterning bozor qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Makallister «Liverpul» tarkibida premer-ligada 37 ta o‘yin o‘tkazdi. U shu bahslarda ikki bor gol urdi va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!