"Chelsi" "Liverpul"ning sobiq hujumchisini sotib olmoqchi

  • 07.03.2026 20:31
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi "Al-Hilol" forvardi Darvin Nunьezni sotib olishi mumkin.

"CaughtOffside" nashri bergan xabarga koʻra, "aristokratlar" tarkibni yanada kuchaytirishga jiddiy bel bogʻlagan koʻrinadi. Sababi londonliklar hujum chizigʻini yanada rang-barang qilish maqsadida "Liverpul"ning sobiq stryakeri Darvin Nunьezni jamoaga olib kelmoqchi. Urugvaylik futbolchi ayni vaqtda Riyodning "Al-Hilol" klubida toʻp tepmoqda. 26 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoni jamoasi safida 24ta uchrashuvda maydonga tushdi va 9ta gol va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali futbolchini 35 million yevroga baholamoqda. 

Maʼlumot uchun, "Chelsi" Angliya Premier-ligasida 5- oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!