"Chelsi" antiqa taklifni ilgari surmoqda

  • 02.06.2020 15:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" klubi karantindan keyin bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda futbolchi almashtirishni 3 tadan 5 taga oshirilganiga qanoatlanmayapti.

The Telegraph nashrining xabar berishicha, “aristokratlar” har bir o‘yinda 9 tagacha futbolchi almashtirishga ruxsat berilishini xohlashmoqda. Londonliklarning fikriga ko‘ra, aynan shu yo‘l orqali 3 oy futbolsiz yashagan o‘yinchilarning jarohat olishidan saqlab qolish mumkin.

“Chelsi” ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!