"Chelsi" muxlislari uchun noxush xabar

  • 29.06.2020 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

«Chelsi» yarim himoyachisi Kristian Pulishich kecha Angliya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan «Lester»ga (1:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan. Bu haqda “aristokratlar” bosh murabbiyi Frenk Lempard xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShlik futbolchi ikkinchi bo‘limda o‘zini noqulay his qila boshlagan va shu bois zaxiraga olingan. U tez orada tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

21 yoshli Pulishich joriy mavsum joriy mavsum “Chelsi” safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!