«Chelsi» nima uchun Andoni Iraolani bosh murabbiy etib tayinlashdan bosh tortgani ma'lum bo‘ldi
Andoni Iraola «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri bo‘lgan, ammo londonliklar oxir-oqibat bu variantdan voz kechishgan. Bu haqida The Athletic nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar paytida ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatida ijobiy taassurot qoldirgan. Shu bilan birga, «siniye» rahbariyatini Iraolaning o‘yin uslubi jiddiy ravishda Enzo Mareska va Liam Rosenyor yo‘nalishidan farq qilishi xavotirga solgan.
Iraola jamoalari yuqori pressing, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumkor o‘yin va himoyadan hujumga tez o‘tishga asoslangan uslub bilan tanilgan.
«Chelsi» rahbariyati esa Xabi Alonsoni tanlashga qaror qilgan, chunki uning taktik g‘oyalari klubdagi mavjud yo‘nalishni davom ettirish va bosqichma-bosqich rivojlantirish imkonini beradi, deb baholangan. Londonliklar jamoani tubdan qayta qurish emas, mavjud asosni evolyutsion tarzda takomillashtirish yo‘lini ma’qul ko‘rgan.
Natijada, ma’lum vaqt o‘tgach, Andoni Iraola boshqa yirik variantni tanlab, «Liverpul» jamoasini qabul qilib oldi.

Fikrlar