"Chelsi" "Nyukasl" yetakchisi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Chelsi" yozda "Nyukasl" yetakchisi Brunu Gimaraýnshni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Fichajes" nashri maʼlum qildi.
Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, Brunu London klubi rahbariyatining fikricha "kўklar"ning yangi loyihasiga juda mos keladi. Braziliyalik xavbekning oʻzi ham "aristokratlar" jamoasiga oʻtishga qarshi emas.
28 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 75 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha moʻljallangan.
Maʼlumot uchun, Gimaraýsh joriy mavsum "qarğalar" safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz nomiga 9 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qoʻyishga erishdi.

Fikrlar