“Chelsi” katta summaga xujumchi oladi

  • 16 iyul, 2022, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, “Chelsi” rahbariyati jamoaning asosiy hujumchisiga aylana olmay, “Inter”ga ijaraga berib yuborilgan Romelu Lukaku o‘rniga boshqa hujumchi olishga qaror qilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, “aristokratlar” “Milan”ning chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shan Rafael Leauni olib kelmoqchi. “Chelsi”ning yangi xo‘jayini bu transfer uchun 90 million evro sarflashga tayyor.

Leauning milanliklar bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Klub mutasaddilari yaxshi taklif bo‘lsa, o‘yinchini qo‘yib yuborishga tayyor.

Portugaliyalik hujumchi o‘tgan mavsum 42 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 12 ta assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!