“Chelsi” o‘z yulduziga narx belgiladi

  • 26.01.2023 21:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” rahbariyati germaniyalik hujumchi Kay Xaverts bo‘yicha boshqa klublar takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini bildirdi.

London klubida uchinchi mavsumini o‘tkazayotgan iste’dodli o‘yinchi Angliya futboliga moslasha olmadi va juda kam gol urmoqda.

Goal.com saytining xabar berishicha, “aristokratlar” 23 yoshli forvardni 65 milliln evro to‘laydigan jamoaga qo‘yib yuborishini ma’lum qilgan.

“Chelsi”ga 2020 yilda kelgan Kay Xavertsning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Bu futbolchiga asosiy da’vogar sifatida “Bavariya” tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!