“Chelsi” o‘zi tarbiyalagan qaysar yulduzga narx qo‘ydi

  • 1 aprel, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” mutasaddilari klub tarbiyalanuvchisi Meyson Mauntni jamoada qolib, yangi shartnoma tuzishga ko‘ndira olmadi.

Tecno

The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, “aristokratlar” endi bu futbolchini sotib yuborib, katta miqdorda daromad olmoqchi. Ana shu maqsadda Mauntga 70 million funt miqdorida narx belgilandi.

24 yoshli hujumkor futbolchining xaridorlari oz emas. Birinchi navbatda, uning germaniyalik sobiq ustozi Tomas Tuxel “Bavariya”ga chorlayapti. “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ham Mauntni o‘z jamoasida kutyapti.

Avvalgi mavqeiga qaytayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida Meysonga shartnoma berishga tayyor.

Futbolchining o‘zi faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!