"Chelsi" Palestra transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 24.06.2026 23:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atalanta" himoyachisi Marko Palestra faoliyatini Angliyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi "Chelsi" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Tomonlar 6 yillik bitim bo‘yicha kelishuvga erishgan bo‘lib, shartnomada yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, "Chelsi" va "Atalanta" o‘rtasida ham transfer yuzasidan printsipial kelishuv mavjud.

Avvalroq bergamoliklar futbolchi savdosidan 55 million evrodan ortiq mablag‘ ishlab olishi xabar qilingan edi.

Palestra o‘tgan mavsum A Seriyada 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Shu tariqa, "Chelsi" yosh italyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish orqali himoya chizig‘ini yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!