“Chelsi” qaysi futbolchilar bilan xayrlashmoqchi?

  • 21 avgust, 2024, 10:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Chelsi" ushbu yozgi transferlar oynasi yakuniga qadar o‘nga yaqin futbolchisini sotmoqchi.

Londonliklar rahbariyati allaqachon, sakkiz nafar o‘yinchini tark etishni rejalashtirgan, ulardan birinchisi Konor Gallager bo‘lishi kerak, u yaqin soatlarda "Atletiko Madrid" futbolchisi sifatida taqdim etiladi. 

"Mirror" xabariga ko‘ra, Romelu Lukaku, Rahim Sterling, Kepa Arrizabalaga, Jorje Petrovich, Armando Broya, Trevo Chaloba va Karni Chukvuemeka ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni egallab, yoz oxirigacha ketishga ruxsat beriladi.

"Chelsi" joriy transfer oynasida o‘yinchilarni sotishdan 100 million evrodan ko‘proq daromad olgan, 190 million evroga  yangi o‘yinchilar uchun sarflangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!