"Chelsi" "Real" yarim himoyachisini sotib olmoqchi
"Chelsi" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishda davom etadi. "Aristokratlar" "Real" futbolchisi Valverdeni o‘z tarkibiga qo‘shib olmqochi, deya xabar bermoqda "El Nacional" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, urugvaylik yarim himoyachini sotib olish qiyin bo‘ladi. Sababi, Madrid jamoasi ham futbolchining o‘zi ham Ispaniyada qolishni istaydi.
Valverde ushbu mavsumni ajoyib o‘tkazmoqda. U "Real" tarkibida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar