“Chelsi”: Seni mundialga olishmadi, jamoang quyiга tushib ketdi, endi bizga o‘t!

  • 05.06.2026 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Independent nashri xabariga ko‘ra, “Chelsi” kutilmaganda “Vest Xem” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Jarrod Bouenni xarid qilish imkoniyatini o‘rganа boshladi.

Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, “Vest Xem Yunayted” Angliya Premier-ligasidagi o‘rnini saqlab qola olmadi va  Chempionshipga tushib ketdi. Endi bu muvaffaqiyatsizlikdan keyin  klub moliyaviy muvozanatni saqlash uchun taxminan 150 million funt sterling mablag‘ yig‘ishi kerak.

Shu sababli jamoa yozgi transfer oynasida bir qator yetakchi futbolchilarini sotishni rejalashtirmoqda. Ular orasida Jarrod Bouen ham bor.

“Vest Xem” futbolchi uchun taxminan 50 million funt talab qilmoqda. Biroq ba’zi manbalarga ko‘ra, 40 million funtlik taklif ham qabul qilinishi mumkin.

Bouen 2020 yildan beri Premier-ligada o‘ynab keladi va shu vaqt davomida 65 ta gol urgan.

“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso avvalgi jamoasi – “Bayer”ning “Vest Xem” o‘rtasidagi o‘yinidan keyin uni ajoyib futbolchi, deb atagan edi.

Biroq joriy mavsum futbolchi uchun omadsiz kechdi. U jamoasi bilan birga APLdan tushib ketdi va Angliya terma jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasiga ham kiritilmadi. Avvalroq, u milliy jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!