
“Chelsi” Shomurodovning o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan hujumchini qo‘yib yubormadi
Eldor Shomurodov “Rostov”ni tark etganidan buyon bu jamoa to‘purar hujumchi qidirmoqda. Yaqinda rostovliklar “Chelsi” tarbiyalagan Ike Ugboni olish uchun londonliklarga 3 million funt taklif qilgan edi.
Rossiyalik milliarder Roman Abromovichga tegishli bo‘lgan “Chelsi” rahbariyatini bu taklif qoniqtirmadi va ular rad javobini berdi.
Asli nigeriyalik bo‘lgan va Angliya fuqaroligini olgan 22 yoshli futbolchi hozir ijara asosida Belgiyaning “Serkl Bryugge” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. U mazkur mamlakat chempionatida 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 10 marta ishg‘ol qildi.
Fikrlar