"Chelsi" shov-shuvli transferga tayyorlanmoqda
Londonning "Chelsi" klubi yozgi transferlar bozorida katta transferlar amalga oshirishi kutilmoqda.
Xabarlarga koʻra, "aristokratlar" yozgi transferlar bozorida qimmatbaho yulduzlarni sotib olishi mumkin. "Koʻklar" qishda katta transferlarni amalga oshirmaydi va bor eʼtiborini yozdagi transferlarga qaratadi. Jamoa ikki nafar yosh yulduzlarni nishonga oldi. "Yuventus" vingeri Kenan Yildiz hamda "Manchester Yunayted" aʼzosi Kobbi Meynu yozda "Chelsi" futbolchisiga aylanishi mumkin. Turkiyalik futbolchining narxi 75 million yevroni tashkil etsa, Meynu 20 million yevroga baholangan.
Maʼlumot uchun, har ikki futbolchi ham ayni vaqtda 20 yoshda.
Fikrlar