
"Chelsi" Simons transferi uchun o‘z futbolchisidan voz kechishga tayyor
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi "Chelsi" Xavi Simons uchun "Leyptsig"ning sobiq yulduzi Kristofer Nkunkuni transferga qo‘shimcha qilishi mumkin.
Londonliklar "Manchester Yunayted"ga o‘tgan Benyamin Sheshko o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida Nkunkuni nemis klubiga taklif qilmoqchi. "Chelsi" esa allaqachon Simons bilan shaxsiy kelishuvga erishib bo‘lgan. Transferga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammo - germaniyaliklarning futbolchi uchun 70 million evro so‘rayotgani bo‘lmoqda. "Aristakrotlar" Nkunkuni 46 million evroga baholamoqda. Shunday qilib, "ko‘klar" Simons uchun yana 24 million evro qo‘shimcha mablag‘ xam to‘lab berishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Nkunku 2019 yildan 2023 yilgacha o‘ynagan va 60 million evro evaziga London klubiga safiga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar