“Chelsi” uch futbolchi ketganini e’lon qildi

  • 02.09.2026 07:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Chelsi” klubi rasmiy sayti orqali darvozabon Robert Sanchesning “Komo” klubiga bir yillik ijara asosida o‘tganini ma’lum qildi.

Shuningdek, yarim himoyachi Dariu Esugu mavsum oxiriga qadar “Strasburg”ga ijaraga berildi. Hujumchi Dujuan Richards esa 2026/2027 yildagi mavsumni “AFK Uimbldon” jamoasi safida o‘tkazadi.

O‘tgan mavsumda Robert Sanches barcha musobaqalar doirasida 50 ta uchrashuvda ishtirok etdi va ularning 15 tasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazmadi. 28 yoshli futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!