“Chelsi” uch transfer orqali chempionlikka erishmoqchi
Sports Mole nashri qishki transfer oynasida “Chelsi”ni chempionlik uchun to‘laqonli da’vogarga aylantirishi mumkin bo‘lgan uch nafar futbolchini jamoaga qo‘shishni taklif qildi.
“Chelsi”ning asosiy zaif nuqtasi himoya bo‘lib qolmoqda, chunki jamoa APLning dastlabki besh turida 12 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu muammoni “Nottingem Forest”ning 24 yoshli markaziy himoyachisi Murillo hal qilishi mumkin. Braziliyalik futbolchi uch markaziy himoyachi bilan o‘ynaydigan sxemaga juda mos keladi va uning transfer qiymati taxminan 70 million funtga baholanmoqda.
Yarim himoyani kuchaytirish uchun “Monako” futbolchisi Lamin Kamarani jamoaga olib kelish taklif qilinmoqda. Senegal terma jamoasi yarim himoyachisining transferi yozda amalga oshmay qolgan edi. Biroq uni 60 million funtga sotib olish Ris Jeyms va Moyses Kaysedolar jarohat olgan paytda tarkibni aylantirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi mumkin.
Hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun esa londonliklarga “Kristal Pэlas”ning barvasta hujumchisi Jan-Filipp Matetani xarid qilish tavsiya etilmoqda. Bo‘yi 193 santimetr bo‘lgan Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Viktor Bonifasega o‘xshash hujumda kuchli tayanч nuqtasiga aylanishi va zarurat tug‘ilganda Joau Pedroni almashtirishi mumkin.

Fikrlar