"Chelsi" uni olib qolsa, Husanovning holatiga o‘xshash manzara yuz beradi

  • 26.07.2026 17:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol bo‘yicha insayder va sport jurnalisti Rob  Londonning «Chelsi» klubi yangiliklari bo‘yicha ixtisoslashgan mutaxassis hisoblanadi. U londonliklar  jamoasining Qozog‘iston milliy terma jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev transferiga baho berdi. 

Ekspertning ta’kidlashicha, bu transfer nafaqat klub, balki butun Qozog‘iston futboli uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi. 

- Balki ko‘plab mamlakatlar bunday holatni odatiy narsa deb qabul qilar, lekin Dastan Satpaev Angliya Premer-ligasida o‘ynaydigan birinchi qozoqistonlik futbolchiga aylanishi ehtimoli mamlakat uchun ulkan voqea bo‘ladi. 

Shu bois unga bo‘lgan katta qo‘llab-quvvatlash hech kimni ajablantirmasligi kerak. U mamlakatning birinchi haqiqiy superyulduziga aylanishi mumkin, — deya yozadi jurnalist o‘zining X sahifasida.

Robning fikricha, bu kelishuv «Chelsi» uchun tijorat nuqtai nazaridan ham juda foydali bo‘lishi mumkin.

- Sof tijorat jihatdan olganda ham bu «Chelsi» uchun katta yutuq. Agar u klubda qolib, ijaraga jo‘natilmasa, Satpaev ismi tushirilgan juda ko‘p futbolkalar sotilishi tasavvur qilish qiyin emas. Bu xuddi Abduqojir Husanovning «Manchester Siti»dagi holati va uning O‘zbekistondagi ta’siriga o‘xshash manzarani yuzaga keltirishi mumkin, — deb ta’kidlaydi muallif.

Eslatib o‘tamiz, Dastan Satpaev rasmiy «Chelsi» futbolchisiga avgust oyida, 18 yoshga to‘lganidan so‘ng aylanadi. Garchi transfer ancha avval amalga oshirilgan bo‘lsa-da, Dastan o‘zining qardrdon klubi «Qayrat»da ijaraga asosda o‘ynab keldi. 

«Chelsi» mutasaddilari iqtidorli hujumchini mashg‘ulotlarga jalb etdi va uning salohiyatini bevosita baholaydi.  Avstraliya va Osiyodagi mavsumoldi safari yakunidan keyin qozoqistonlik forvardning kelajagiga oid qaror qabul qilinadi. Ma’lumotlarga qaraganda, agar Satpaevning holati talabga javob bersa u jamoada qoladi, aksincha bo‘lib chiqsa, futbolchi mahoratini oshirish uchun ijaraga jo‘natiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!