
“Chelsi” ustozi bir futbolchidan voz kechganini chiroyli usulda tushuntirib qo‘ydi
“Chelsi”yozgi transferlar davrida bir necha futbolchilardan qutilishga qaror qilgan. Bosh murabbiy Entso Mareska yangi mavsumda yana bir o‘yinchiga imkon bermasligini chiroyli tarzda tushuntirib o‘tdi.
Entso Mareska 20 yoshli yarim himoyachi Karni Chukvuemekini birinchi tur qaydnomasiga kiritmadi. Bu o‘yinchi o‘tgan mavsum jarog‘atlar tufayli juda kam maydonga tushgan edi.
- Har bir holat o‘ziga xos. Karni juda yaxshi shyinchi, lekin o‘tgan mavsumdagi jarohatlaridan keyin yuqori darajaga chiqishi uchun uzluksiz 30-35 ta uchrashuvda qatnashishi kerak. Biz unga bunday imkoniyat bera olishimizga amin emasman, - dedi Entso Mareska.
Markaziy yarim himoyachi ampluasida o‘ynaydigan Chukvuemeki aslida “Aston Villa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar” uni 2022 yili 18 million evroga transfer qilgandi. Bu xarid o‘zini oqlamadi.
Fikrlar