“Chelsi” va “Arsenal”da o‘ynagan hujumchi Italiyadan qo‘nim topdi
Italiyaning “Milan” klubi Londonning “Chelsi” va “Arsenal” klublarining sobiq hujumchisi Omari Xatchinsonni transfer qilganini e’lon qildi.
Italiya klubining rasmiy sayti xabar berishicha, 22 yoshli vinger Angliyaning “Nottingem Forest” klubidan bir yillik ijara asosida ko‘chib o‘tgan.
Xatchinson yangi jamoada 20-raqamda o‘ynaydi.
Avvalroq Yamayka terma jamoasi futbolchisi bo‘lgan Xatchinsonning ijarasi “Milan”ga to‘rt million yevroga tushishi, hujumchini sotib olish optsiyasi esa 40 million yevroga yetishi xabar qilingan edi.
Xatchinson bir yil avval “Ipsvich”dan “Nottingem Forest”ga ko‘chib o‘tgan edi. Undan avval esa 2023 yilda “Arsenal” akademiyasidan “Chelsi”ga o‘tgan va ushbu klubda o‘ynagan.

Fikrlar