"Chelsi" va "Manchester Yunayted" "Barsa" yarim himoyachisini kuzatmoqda
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
"Teamtalk" ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub ham vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, ammo hozircha rasmiy taklif yuborganicha yo'q.
Kasado 2024 yildan boshlab "Barselona"ning asosiy jamoasi o'yinlarida muntazam ishtirok eta boshladi va o'zining istiqbolli futbolchilardan biri ekanini namoyon qildi.
Yarim himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 18 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar