"Chelsi" Xadson-Odoini sotmaydi
Londonning "Chelsi" klubi o‘zining yosh iqtidorli hujumchisi Kallum Xadson-Odoini qo‘yib yubormoqchi emas.
The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” 20 yoshli angliyalik futbolchini har qanday holatda ham, xatto u klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan taqdirda ham sotmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xadson-Odoi uchun “Bavariya” va “Liverpul”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Xadson-Odoi joriy mavsum “Chelsi” safida jami 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar