
"Chelsi" Xavi Simons bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda
Londonning "Chelsi" klubi Xavi Simonsning transferi bo‘yicha "RB Leyptsig" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. "Sky Sport Deutschland" muxbiri Filipp Xintsega ko‘ra, hozircha nemislar londonliklardan rasmiy yozma taklifni kutayotgani qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, niderlandiyalik yarim himoyachi "aristokratlar" safiga o‘tishga tayyor va "ko‘klar" u uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.
Avvalroq Xavini 56 million funt evaziga xarid qilish rejalashtirilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Simons "Leyptsig" safida umumiy 76 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 23 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar