"Chelsi" yirik transfer arafasida turibdi

  • 14 iyul, 2023, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" "Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedoning transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, muzokaralar yakunlanishiga yaqin turibdi. Kelishuv summasi taxminan 90 million evroni tashkil qiladi va futbolchining o‘zi bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.

Qayd etish joiz, Transfermarkt ekspertlari Kaysedoning narxini 55 million evroga baholamoqda. Futbolchining "Brayton" bilan amaldagi shartnomasi esa 2027 yilning o‘rtalariga qadar imzolangan.

Moyses o‘tgan mavsum 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!