
“Chelsi” zo‘r murabbiy tanladi
Mavsum yakunlanganidan keyin “Chelsi”da katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Vaqtincha bosh murabbiylikka tayinlangan Frenk Lempard ham ishini topshiradi. U jamoani kutilgandek boshqara olayotgani yo‘q.
Klub mutasaddilari “Chelsi”ni muvaffaqiyatli boshqarishga qodir mutaxassis topgani aytilmoqda. So‘nggi pallada bosh murabbiylikka ikki nomzod – “Bavariya” voz kechgan Yulian Nagelsmann va Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatidan keyin ishsiz yurgan Luis Enrike qolgandi.
“Aristokratlar” har ikki mutaxassisni suhbatga chorladi. Ispaniyalik murabbiy klub rahbariyati bilan uchrashuvdan bosh tortdi. Germaniyalik 35 yoshli murabbiyning fikrlari “Chelsi” rahbariyatiga ma’qul kelgani aytilmoqda.
“Chelsi” yozda bosh murabbiylikka aynan Yulian Nagelsmanni olib kelmoqchi. Shuningdek, ro‘xytda Maurisio Pochettino, Luchano Spalletti va Ruben Amorim ham bor.
Fikrlar