“Chelsi”dagi mashhur yulduz o‘ziga boshqa jamoa tanladi

  • 10.01.2026 12:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy mavsumning birinchi yarmida jamoadan chetda qolib ketgan “Chelsi” futbolchisi Rahim Sterling yanvar oyida o‘ziga ish topishga harakat qilmoqda.

Sky Sports tasdiqlashicha, yaqinda “Vest Xem” Sterlingni ijaraga olish bo‘yicha “aristokratlar”ga so‘rov yuborgan, ammo tajribali futbolchi faqat to‘liq transfer amalga oshirilsgina “Chelsi”dan ketishi mumkinligini ta’kidlab, bu chorlovni qabul qilmadi.

Bundan tashqari, Sterling Premier-liga autsayderi bo‘lgan “Vest Xem”ga nisbatan barqaror va xavfsizroq jamoa izlamoqda. Uning uchun eng maqbul variant  “Fulxem” bo‘lib turibdi.

Agar 31 yoshli futbolchi bu klub bilan kelisha olsa, hatto Londondagi uyini ham tark etishiga to‘g‘ri kelmaydi.

Biroq hozircha “Fulxem” haftasiga 300 ming funtdan ortiq maosh oladigan Sterlingni olishga qodirligi katta shubha ostida turibdi.

O‘tgan yozda “Kristal Pэlas” Rahim Sterlingni olishga qiziqish bildirgan edi, ammo “burgutlar” allaqachon Brennan Jonsonning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan va endi Rahimga da’vogar emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!