“Chelsi”ga kerak bo‘lmay qolgan futbolchini chempion jamoa oladi
Taniqli insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko‘ra, “Chelsi” klubi va Angliya terma jamoasi himoyachisi Trevo Chalobaning agentlari Milan shahriga borib, uning “Inter”ga transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
Ta'kidlash joizki, anchadan beri Trevo Chalobaning “Chelsi”dagi kelajagi mavhum hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tajribali himoyachi muhitni o‘zgartirishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, Chaloba Italiya A seriyasida o‘ynashga moyillik bildirgan. Uni dastlab “Komo” o‘z safiga chorlagan edi. Biroq “Chelsi” bu jamoa taklifini qabul qilmadi.
Endi Trevo Chalobani Italiyanning amaldagi chempioni “Inter”ga transfer qilish bo‘yicha harakatlar boshlangan.
Chaloba 2018 yildan beri “Chelsi” safida to‘p surib keladi. 2025/26 yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 47 ta o‘yin o‘tkazdi va himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari raqiblar darvozasiga uchta gol ham urdi.
Himoyachining bugungi kundagi transfer bozoridagi qiymati taxminan 40 million yevroga baholanmoqda.
Ayni paytda u Angliya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida qatnashmoqda. Angliya 1/8 finalda Meksikaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar