
“Chelsi”ni boshqarishni menga beringlar!
Argentinalik mutaxassis Marselo Galyardo bosh murabbiy sifatida “Chelsi”ni qabul qilib olishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
“Aristokratlar” angliyalik mutaxassis Grem Potterni iste’foga chiqarganidan keyin o‘rniga kuchli murabbiy qidirmoqda. Ayni paytda londonliklar bir necha mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazyapti.
Independent nashrining xabar berishicha, “Chelsi”ni boshqarish Marselo Galyardoni jiddiy qiziqtirib qolgan. Biroq, buning ehtimoli juda pastligi aytilmoqda.
Chunki “Chelsi” bo‘lajak bosh murabbiyni Evropa futbolida jamoalarni muvaffaqiyatli boshqarish bo‘yicha boy tajribaga ega mutaxassis qidiryapti. 47 yoshli Galyardoda esa hali bu tajriba yo‘q.
Marselo Galyardo sakkiz yil davomida “River Pleyt”ni boshqarganidan keyin, o‘tgan yilning dekabrida jamoadan ketgan edi.
Fikrlar