“Chelsi”ni yanchib tashlashdi
Angliya Premier-ligasi 5-turidan o‘rin olgan “Brentford” va “Chelsi” o‘rtasidagi uchrashuv mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bahs Brentforddagi “Jitek Kommyuniti” stadionida bosh hakam Endryu Medli boshchiligida o‘tdi. Mezbonlar londonliklar darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi.
“Chelsi” raqibga faqat bir soat qarshilik ko‘rsata oldi xolos. 61-daqiqada “Brentford” hujumchisi Jeydon Entoni hisobni ochdi. 83-daqiqada hujumchi Igor Tyago mezbonlarning ustunligini mustahkamladi. 90+4-daqiqada yarim himoyachi Fabiu Karvalyu hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.
Keyingi turda “asalarilar” 10 oktabr kuni “Aston Villa”ga qarshi o‘ynaydi, qatorasiga uchinchi uchrashuvda g‘alaba qozona olmayotgan “Chelsi” esa shu kuni “Bornmut” bilan uchrashadi. APLning 4-turida Xabi Alonso jamoasi “Xall Siti” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan, 3-turda esa “Arsenal”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
APLda beshta uchrashuvdan so‘ng “Brentford” 9 ochko jamg‘arib, uchinchi o‘rinda bormoqda. “Chelsi” 7 ochko bilan yettinchi o‘rinni egallagan.

Fikrlar