
"Chelsi"ning 4 nafar futbolchisi "Yuventus"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi o‘yin oldidan tarkibdagi yo‘qotishlar haqida gapirdi.
"Kristian Pulishich, Ris Jeyms va Meyson Maunt o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Afsuski, Kantening koronavirusga qarshi topshirgan testi musbat chiqdi va shu bois u mashg‘ulotlarda qatnashmadi.
Jeyms hali ham og‘riq his qilmoqda. Hozircha u kamida bir hafta maydonga tushmaydi", - dedi Tuxel klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
"Yuventus" va "Chelsi" o‘rtasidagi uchrashuvi bugun, 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar