Husanovda ayb yo‘q! Abduqodirning o‘yini qanday baholandi?

  • 1 sentabr, 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining uchinchi turida alamli mag‘lubiyatga uchradi. “Brayton” mehmoni bo‘lgan “shaharliklar” uchrashuvda hisobni ochganiga qaramay, ikkinchi bo‘limda ikkita to‘p o‘tkazib yubordi va 1:1 hisobida yutqazdi.

Tecno

Abduqodir Husanov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, jarohat olgunicha 85 daqiqa davomida faol o‘ynadi.

Nufuzli manba –  esteemedkompany.com sayti ekspertlari “Manchester Siti” o‘yinchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

 Jeyms Trafford — 8/10:

Bir necha xavfli zarbalarni bartaraf etdi. O‘tgan haftadagi xatosini to‘g‘rilab, irodali darvozabon ekanini ko‘rsatdi.

Mateus Nunes — 5/10:

Uchrashuv boshida yaxshi o‘ynadi. Xatosi tufayli penaltiga sababchi bo‘ldi. Nunesning xatolari ko‘pinchi gollarga sabab bo‘lmoqda va o‘yin natijasiga salbiy ta’sir qilyapti.

Abduqodir Husanov — 7.5/10:

O‘zbek himoyachisidan zo‘r o‘yin. Uning tezkorligi va kuch-quvvati “Manchester Siti” himoyachiga yangi sifatlarni olib kirdi. Husanov birorta xatoga yo‘l qo‘ymadi. Xosep Gvardiolada kelajak uchun juda zo‘r va qiziqarli variant paydo bo‘ldi.

Jon Stounz — 5.5/10:

Uchrashuv davomida barqaror o‘ynashga harakat qildi, lekin aynan uning zarbasidan keyin to‘pni egallab olgan “Brayton” g‘alaba to‘pni kiritdi.

Rayan Ayt-Nuri — 5.5/10:

Butun jamoa kabi bir soat juda yaxshi o‘ynadi. Charchab qolganidan keyin Yankuba Mintey uni ancha qiynab qo‘ydi.

Rodri — 8/10:

Trafford bilan birga “Manchester Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi.  Maydon markazini nazorat qildi, lekin oxirida charchab qolgani ko‘zga tashlandi. Hali to‘liq sport formasini tiklab olmagani sezildi.

Bernardu Silva — 6.5/10:

To‘psiz harakat qilishda yuqori daraja ko‘rsatdi. Ammo jamoasining hujumlariga etarli ta’sir ko‘rsata olmadi.

Oskar Bobb — 6.5/10:

Uchrashuv qahramoniga aylanishi mumkin edi, ammo vaziyatlardan samarali foydalana olmagani unga pand berdi. Katta salohiyatini namoyish qilib, hujumga zo‘r berdi, biroq aniq zarba

Tijani Reynders — 6/10:

Bir soat yaxshi o‘ynab turgan yarim himoyachi “Brayton” bosimni oshirganidan keyin “yo‘qolib” qoldi.

Umar Marmush — 7/10:

O‘yinni yaxshi o‘tkazdi. “Brayton” himoya chizig‘ini bosim ostida ushlab turdi. Xoland gol urgan vaziyatni aynan Marmush yararib berdi.

Erling Xoland — 6.5/10:

Angliya Premer-ligasidagi 100-uchrashuvida 88-golini kiritdi. Bu yangi rekord. Lekin jamoa yutqazdi.

Jeremi Doku — 5/10:

Zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, hech qanday foyda keltirmadi.

Niko O’Rayli — 5/10:

O‘yinga tushganidan keyin maydon markazida ko‘rinmay qoldi.

Ruben Diash — 5/10:

Husanov o‘rniga maydonga tushib, hech narsa qila olmadi.

Riko Lyuis — 6/10:

Jangovar shiddatini namoyish qildi, biroq o‘yin natijasini o‘zgartirish uchun unga vaqt kamlik qildi.

Husanovni oxirigacha o‘ynatmagan Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin nima dedi?

“Manchester Siti” fanatlarining Husanovga munosabati qanday?

Shomurodov va Fayzullaev “Bashakshehir”dagi jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda

O‘zbek legionerining kutilmagan transferiga izoh berildi

“CAFA Nations Cup 2025”: Husanovning bir o‘zi Eron terma jamoasidan qimmat turadi!

Husanovni Chempionlar ligasida katta tarixiy voqea kutmoqda

 

Gvardiola, Husanovdan voz kechib, katta xato qilding!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!