“Chelsi”ning ayrim futbolchilari bosh murabbiydan norozi

  • 01.04.2026 18:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya futbolini yoritib kelayotgan Sky Sports nashri yetakchi muxbiri Kave Solhekol angliyalik mutaxassis Liam Rosenyor boshchiligidagi “Chelsi” o‘yini haqida fikr bildirdi.

- Agar siz oxirgi bir necha haftadagi “Chelsi” o‘yiniga qarasangiz, ba'zi futbolchilar aslida bosh murabbiyi uchun o‘ynamayotgandek tuyuladi.

Shunday ekan, savol tug‘iladi: Liam Rosenyorning qarorlari ularni ishontirdimi yoki futbolchilar muxlislarning uning tayinlanishi katta tavakkal bo‘lgani haqidagi fikriga qo‘shilishyaptimi?

Chunki unda “Chelsi” kabi katta klubni boshqarish uchun zarur tajriba yetishmasligi haqida gaplar bor, - dedi Solhekol.

Liam Rosenyor joriy yil yanvar oyida “Chelsi”ni boshqarishni o‘z zimmasiga olgan va 2032 yilgacha shartnoma imzolagan.

Hozirda londonliklar Angliya Premier-ligasi jadvalida 31 turdan keyin 48 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!