“Chelsi”ning uch futbolchisi A Seriyaga keladi

  • 13 mart, 2022, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum oxirigacha “Chelsi” bankrot bo‘lishi mumkin.  Buyuk Britaniya hukumati tomonidan klub xo‘jayini Roman Abramovichga qo‘llanilgan sanktsiyalar tufayli “aristokratlar” chempionatni oxirigacha etkaza olmasligi ehtimoli oshib bormoqda.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri “Yuventus” London klubi atrofida vujudga kelgan vaziyatdan foydalanib qolmoqchi. Turinliklar “Chelsi”ning birdaniga uch o‘yinchisi bilan shartnoma tuzishni rejalashtirgan.

Manbaning xabar berishicha, himoyachilardan Antonio Ryudiger va Markos Alonso hamda yarim himoyachi Jorjino A Seriya grandidan taklif oladi.

Nishondagi o‘yinchilardan Ryudigerni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi. Germaniya terma jamoasi vakiliga “Real”, “Bavariya”, PSJ kabi qudratli klublar ham mo‘may maoshli shartnoma berishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!