Chempion “Arsenal” raqiblar bilan “Real” tarbiyalagan futbolchini talashyapti

  • 26.05.2026 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan “Komo” jamoasi markaziy himoyachisi Xakobo Ramon Angliya Premier-ligasi grandlarining qiziqish doirasiga tushdi.

21 yoshli futbolchining muvaffaqiyatlarini Londonning “Arsenal” va “Chelsi” klublari kuzatmoqda. Ular allaqachon Sesk Fabregas jamoasi o‘yinlariga skautlarini yuborgan, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur.

Madridning “Real” klubida o‘z tarbiyalanuvchisini birinchi navbatda qayta sotib olish huquqi bor, bu esa boshqa klublar uchun transferni qiyinlashtirmoqda. Shuningdek, madriddliklar istiqbolli ispan futbolchisining keyingi sotuv summasidan 50 foiz ulush oladi.

“Komo” Xakobo Ramonning narxini 45-50 million yevro deb baholamoqda. Joriy mavsumda futbolchi Italiya jamoasi safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, ikki marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!