Chempion jamoa 18 yoshli vunderkindni olganini e'lon qildi

  • 11.01.2026 08:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” rasmiy sayti orqali 18 yoshli markaziy himoyachi Mor Talla Ndiaye bilan shartnoma imzolaganini ma'lum qildi.

Shu oy boshida 18 yoshga to‘lgan senegallik himoyachi o‘z vatanidagi “Ameti” klubidan mersisaydliklar yoshlar jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

- Ndiaye noyabr oyida 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Senegal terma jamoasi sharafini himoya qildi.

U to‘rtta o‘yinda qatnashib, pley-offga chiqdi. Shuningdek, iqtidorli o‘yinchi Senegal U-18 terma jamoasida ham to‘p surdi, - deyiladi "Liverpul" rasmiy  bayonotida.

“Liverpul” joriy mavsum kutilgan darajada o‘ynay olmadyapti. 21-turdan so‘ng Arne Slot jamoasi 35 ochko to‘plab, APL jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!