Chempion jamoa Argentina yulduzi uchun katta summa bermoqchi

  • 26.07.2026 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” klubi Argentina milliy terma jamoasi va Londonning “Tottenxem” klubi markaziy himoyachisi Kristian Romeroni oʻz safiga qoʻshib olishni jiddiy rejalashtirmoqda.

Insayder Janluiji Longarining ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qilishicha, klublar oʻrtasida ehtimoliy transfer yuzasidan muzokaralar boʻlib oʻtgan. “Neradzurri” rahbariyati 28 yoshli futbolchi uchun taxminan 40 million yevro toʻlashga tayyor.

Romero 2022 yil avgust oyidan buyon London jamoasi safida toʻp surib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!