Chempion jamoa arzon olgan yulduzini qimmatga sotmoqchi

  • 22.11.2025 08:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli” yozgi transferlar davrida “Manchester Yunayted”dan tajribali yarim himoyachi Skott Maktomineyni 30 million evroga transfer qilgandi.

28 yoshli futbolchining A Seriyada o‘yini yanada ochildi. Endi Angliya Premer-ligasining bir necha klublari uni ortga qaytarmoqchi bo‘lyapti.

Qizig‘i shundaki, Maktomineyga da’vogarlik qilayotgan “Arsenal”, “Tottenxem” va “Everton” qatoriga futbolchini yaqindagina qo‘yib yuborgan “Manchester Yunayted” ham qo‘shildi.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, “Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte shotlandiyalik futbolchini jamoaning muhim o‘yinchisi sifatida tan olgan va unga suyanmoqda. Biroq Neapol shahri klubi xo‘jayinlari yaxshigina daromad evaziga o‘yinchi bilan xayrlashishga qarshi emas.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Napoli”  30 million evroga olingan Skottt Maktomineyni 80 million evroga sotib yuborishga rozi.

Maktominey Italiyada o‘zini yaxshi his qilayotgan bo‘lsa-da, agar o‘ziga ma’qul keladigan taklif tushsa, Angliya Premer-ligasiga qaytib ketishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!