Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun favoritlar e’lon qilindi

  • 28.08.2025 18:22
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi kuni nufuzli Goal portali mutaxassislari turnir favoritlari reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingning eng yuqori pog‘onasidan Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi PSJ joy oldi.

Ikkinchi pog‘onadan "Barselona" joy olgan bo‘lsa, uchlikni "Arsenal" yakunlab bergan. Shu bilan birga eslatib o‘tamiz, "kanonirlar" hali hech qachon Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonmagan.

Keyingi o‘rinlarda "Liverpul", "Real", "Bavariya", "Chelsi", "Manchester Siti", "Inter" va "Tottenxem" klublari joy olgan.

EChLga o‘z tarixida birinchi martta chiqqan "Qayrat" chempionlikka da’vogarlar qatorida 35-o‘rinda turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!